La Liga. “Real”dan yirik g'alaba, Ronaldudan xet-trik

11 fev 2018, 02:35
Ispaniya chempionatining 23-turida mamlakatning amaldagi chempioni “Real” futbolchilari o'z maydonlarida gollar shousini uyushtirib berishdi.

“Real Sosedad”ga qarshi kechgan bahsning ilk daqiqalaridanoq Lukas Vaskes hisobni ochdi. Kross ham o'z hisobini bitta gol yozdi. Uchrashuv qahramoni esa Krishitanu Ronaldu bo'ldi. U uch bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Mehmonlar ham ikkita gol bilan javob berishning uddasidan chiqishdi. Yakuniy hisob 5:2.

Real Madrid – Real Sosedad 5:2 (4:0, 1:2)

Gollar:1:0 – 1 Vaskes, 2:0 – 27 Ronaldu, 3:0 – 34 Kroos, 4:0 – 37 Ronaldu, 4:1 – 74 Bautista, 5:1 – 80 Ronaldu, 5:2 – 83 Ilyarramendi.

RealMadrid – Navas, Ramos, Marselo, Karvaxal, Varan, Vaskes (Isko, 63), Modrich (Kovachich, 63), Kroos, Asensio (Beyl, 73), Benzema, Ronaldu.

RealSosedad –Ruli, Elustondo, de la Belya, Odriosola, Navas, Surutusa (Subeldiya, 60), Ilyarramendi, Kanales (Bautista, 60), Prieto, Oyarsabal, Xuanmi (Guridi, 83).

Ogohlantirish:de la Belya (47), Karvaxal (49), Kovachich (90).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia