La Liga o'z futbolchilariga tahdid qildi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2025, 00:15
La Liga Ispaniya futbolchilari uyushmasiga (AFE) nisbatan qonuniy choralar ko'rish bilan tahdid qildi.

Eslatib o'tamiz, AFE "Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi uchrashuvni Mayamida o'tkazish rejasiga qarshi norozilik akciyalarini boshlagan edi. Natijada La Liganing 9-turidagi deyarli barcha o'yinlar futbolchilarning 15 soniya davomida maydonda harakatsiz turishidan boshlandi.

El Partidazo de COPE xabariga ko'ra, La Liga AFEga xat yuborib, futbolchilarning norozilik harakatlari natijasida keltirilgan "zarar miqdori baholangandan so'ng qonuniy choralar ko'rilishi"ni ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Partidazo de COPE