La Liga. 11 ta kartochka ko'rsatilgan bahsda durang qayd etildi

5 yanv 2020, 22:18
Ispaniya chempionati 19-tur uchrashuvlari davom etadi.

Mazkur tur doirasida "Alaves" klubi o'z maydonida "Betis"ni qabul qildi. Asabiy ruhda o'tgan uchrashuvda durang natija qayd etildi. E'tiborli jihati shundaki, bosh hakam Antonio Mateu Laoz uchrashuv davomida 10 ta sariq, 1 ta qizil kartochka ko'rsatdi.

Alaves – Betis 1:1 

5 yanvar, 18.00, "Mendisorrosa"

Gollar:

1:0 – 14 Aleish Vidal, 1:1 – 55 Emerson.

Alaves – Pacheko, Duarte, Laguardia, Ximo Navarro (Agirregabiria, 69), Eli, Aleish Vidal (Pere Pons, 81), Manu Garsiya, Vakaso (Berk, 85), Rioxa, Xoselu, Lukas Peres.

Betis – Robles, Bartra, Mandi, Emerson, Moreno, Kanales, Xoakin (Laynes, 73), Fekir (Alenya, 81), Guardado, Feddal, Iglesias (Moron, 84).

Ogohlantirishlar:

Xoselu (22), Fekir (33), Vakaso (34), Duarte (45), Manu Garsiya (45), Ximo Navarro (45), Kanales (45), Rioxa (67), Agirregabiria (90), Bartra (90).

Chetlatish:

Feddal (78).

 

Ispaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia