

18 yoshli futbolchi sentyabr oyidan buyon 6-raqam ostida faoliyat olib borayotgandi. Endi u yana 30-raqamda harakatlanadi.
Eslatib o'tamiz, La Liga Gavi "Barselona" bilan shartnomani uzaytirilishiga qarshi chiqqandi. Liga rahbariyati "Barsa"da bu uchun moliyaviy imkoniyatlar etarli emas deb hisoblagandi. Shundan so'ng Gavi kataloniyaliklarning asosiy tarkibidan chiqarilgandi.



