La Liga. “Atletiko” – “Sevilya” uchrashuvi jangovar durang bilan tugadi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2020, 22:10
Ispaniya chempionati 27-turida doirasida “Vanda Metropolitano”da o'tkazilgan shiddatli bahs yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 19 daqiqada Lyuk De Yong tomonidan ochildi. 1-taym o'rtalarida maydon egalari penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi va Alvaro Morata 11 metrlik nuqtadan zarba berishda adashmadi – 1:1. Mazkur goldan biroz o'tib, Joau Feliks raqib darvozabonini dog'da qoldirib, ustunlikni “matraschilar” tomoniga og'dirdi. 

Ilk bo'limning oxirlarida esa Lukas Okampos penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yakuniy natijani belgiladi – 2:2.

Atletiko – Sevilya 2:2 (2:2, 0:0)

Vanda Metropolitano

Gollar: 0:1 – 19 de Yong, 1:1 – 32, penalti Morata, 2:1 – 36 Joau Feliks, 2:2 – 43, penalti Okampos.

Atletiko – Oblak, Ermoso (Ferreyra Karrasko, 54), Felipe, Savich, Tripper, Saul, Lorente, Joau Feliks (Vitolo, 80), Koke, Korrea, Morata (Diego Kosta, 68).

Sevilya – Vaclik, Diego Karlos, Kunde, Regilon, Navas, Banega, Gudel, Suso (En-Nesiri, 63), Jordan (Serdji Gomes, 74), Okampos (Vaskes, 81), de Yong.

Ogohlantirishlar: Diego Karlos (31), Navas (43), Banega (45), Gudel (56), Joau Feliks (73), Tripper (77).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia