

Ertangi o'yinda mehmonlar safida koreyalik himoyachi Kvak Tae Xvi maydonga tusha olmaydi. U va hujumchi Nosir Al Shamroni jarohatlari bois Toshkentga kelishmagan. Bugun "Al Hilol" o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni "Bunyodkor" stadionida olib bordi. Unda jamoa yetakchilari Yosir Al Qahtoni, Muhammad Shlhub, Karlos Eduardo, Digao, Yosir Al Shahroni va Ailton ishtirok etishdi.
"Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.





