Kuzda U-16 va U-19 Osiyo chempionatlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston ikkala musobaqada ham yo'q

Narzulla Saydullayev
3 sen 2018, 13:05
Sentyabr va oktyabr oyida Osiyo qitasida ikkita chempionati o'tkaziladi.

20 sentyabr - 7 oktyabr kunlari Malayziya mamlakatida U-16 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Unda quyidagi terma jamoalar ishtirok etishadi:

"A" guruhi: Malayziya, Yaponiya, Tailand, Tojikiston
"B" guruhi: KXDR, Ummon, Yaman, Iordaniya
"C" guruhi: Eron, Vetnam, Hindiston, Indoneziya
"D" guruhi: Iroq, Janubiy Koreya, Avstraliya, Afg'oniston

O'tgan yil bo'lib o'tgan saralash bahslarida Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Iordaniya va Saudiya Arabistonidan keyin 3-o'rinni egallab yo'llanmadan quruq qolgandi. Malayziyadagi qita birinchiligida Afg'oniston, Hindiston, Yaman kabi jamoalar ishtirok etishadi.



18 oktyabr - 4 noyabr kunlari Indoneziya mamlakatida U-19 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Unda quyidagi terma jamoalar ishtirok etishadi:


"A" guruhi: Indoneziya, BAA, Qatar, Xitoy Taypei
"B" guruhi: Yaponiya, Iroq, Tailand, KXDR
"C" guruhi: Vetnam, Janubiy Koreya, Avstraliya, Iordaniya
"D" guruhi: Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Xitoy, Malayziya

O'tgan yil saralash bahslarida Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistondan keyin 2-o'rinni egallab yo'llanmadan quruq qolgandi. Indoneziyadagi Osiyo chempionatida Xitoy Taypei, Malayziya kabi jamoalar ishtirok etishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia