Kutilmagan xabar: Zlatan 3 yilga futboldan chetlatilishi mumkin

Eldor Akmurzayev
14 apr 2021, 19:47
“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich FIFA va UEFA qoidalarini buzgani uchun uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

39 yoshli shved 2018 yildan beri Bethard bukmekerlik kontorasining 10 foiz ulushiga egalik qiladi. U o'ziga tegishli Unkown AB firmasi orqali yuqoridagi kompaniya akciyalarini qo'lga kiritgan.

FIFA va UEFA qoidalariga ko'ra, agar futbolchilar bukmekerlik kontoralari bilan shug'ullansa, tashkilot tasarrufi ostida o'tadigan musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi. Ibragimovich ushbu talabni “Milan” bilan Yevropa Ligasida qatnashganida va JCH-2022 saralashida Shvetsiyadan qaytib kelganidan so'ng buzgan. Bethard Ibra hali ham kompaniya ulushiga egalik qilishini tasdiqladi.

Reglamentni buzgani uchun hujumchi 100 ming evrogacha jarimaga tortilishi hamda 3 yilgacha futbol bilan bog'liq har qanday soha bilan shug'ullanishdan chetlatilishi mumkin.

Bethard kompaniyasi Ibragimovich qatnashgan Shvetsiya TJning Gruziya va Kosovaga qarshi o'yinlar uchun pul tikishni taklif qilgan. Shuningdek, mazkur kontora orqali A Seriya uchrashuvlariga ham pul tiksa bo'ladi. Shvetsiya futbol federatsiyasi esa bir necha yildan beri ushbu voqealardan xabardor bo'lgani aytilmoqda.

FIFA va UEFA  vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sportbladet