Kutilmagan xabar! "Barselona" Umtiti bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi. Endi Torresni ro'yxatdan o'tkazish mumkin

Alisher
10 yanv 2022, 17:04
"Barselona" himoyachi Samyuel Umtiti bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi kelishuv 2026 yilga qadar mo'ljallangan, bu haqda Kataloniya klubi sayti xabar bermoqda.

Shu bilan birga fransiyalik o'yinchi maoshi pasayishiga rozi bo'ldi. Endi "Man Siti"dan xarid qilingan Ferran Torresni ro'yxatdan o'tkazish mumkin.

28 yoshli Umtiti "Barselona"ga 2016 yilda "Lion"dan o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi bitta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Barselona" Umtitidan qutulish uchun unga klublar qidirayotgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com