Kutilmagan qaror, Granero Ispaniya 3-divizioni jamoasiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2020
“Espanol” yarim himoyachisi Esteban Granero Segunda B vakili “Marbelya” klubi a'zosiga aylandi.

32 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan kelishgan holda shartnomasini bekor qilgan. Ispaniyalik o'yinchi yangi jamoasi safida 2021 yilning yoziga qadar harakat qiladi. Faqat buning uchun Granero tibbiy ko'rikdan ijobiy tarzda o'tishi talab qilinadi. 

Esteban joriy mavsum La Ligada doirasida 11 o'yin o'tkazib, bir bora raqib darvozasini ishg'ol etdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/partidazocope