Kurtua yana bir futbol klubni sotib oldi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2021, 22:05
“Real” kiperi Tibo Kurtua "EMF Logrogno" ayollar klubini sotib oldi.

Avvalroq esa u Ispaniya 3-divizioni vakili "Internasonal de Madrid"ning akciyadoriga aylangandi.

Kurtua “Dux Gaming” kompaniyasining egasi hisoblanadi va u avvvaligi kibersportga e'tibor qaratishi ko'zda tutilgandi. Shundan kelib chiqib, Tibo xarid qilgan klublar nomiga “Duks” so'zi qo'shiladi.

“Biz kibersportdan boshqa sohalarga ham e'tibor qaratdik. Avvaliga bu ”Duks Inter” bo'ldi, endi esa “Duks Logrono". Logronoda ayollar futboli o'sishiga yordam beradigan ajoyib g'oyalar mavjud. Ayollar futbolini qo'llash orqali ularning rivojlanishiga yordam bermoqchimiz”, deya qo'shimcha qilgan belgiyalik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: VoetbalPrimeur