Kurtua so'nggi 45 yildagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Mirjalol Normatov
2 mar 2020, 21:38
"Real" posboni Tibo Kurtua Primeroning 26-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.

18 dekabr kuni tomonlarning ilk o'yinida ham ushbu posbon gol o'tkazib yubormagandi. Shu orqali Kurtua so'nggi 45 yilda bir mavsumdagi klasikolarda gol qo'yib yubormagan ilk darvozabon bo'ldi.

So'nggi bora 1974/75 yilgi mavsumda Migel Anxel ikki "El Klasiko"da o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.

"Real" ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalida "Barselona"ni quvib o'tdi va peshqadamga aylanib oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca