Kurtua sardorlik bog'ichi tufayli terma jamoa tasarrufini tark etdi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2023, 00:15
Darvozabon Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasi tasarrufini tark etdi.

Oldinroq, Kurtua Kevin De Bryuyne yo'q paytida u emas, balki Romelu Lukaku sardorlik bog'ichini taqqanidan xafaligi e'lon qiingan edi. Tibo terma jamoa lagerini tark etdi.

"Tibo terma jamoa tasarrufida emas, Estoniyaga qarshi u o'ynamaydi. Biz bir necha bor suhbatlashdik. Mart oyida qabul qilgan qarorimga ko'ra, Kevin De Bryuyne sardorimiz bo'lishi kerak edi, ikkinchi va uchinchilarni e'lon qilmaganman. To'g'ri, Lukaku va Tibo o'rtasida tanlov bor. To'g'risini aytsam, menga baribir, chunki maydonda sardorlarimiz juda ko'p. Masalan, Yan Vertongen va Yannik Karrasko. Bizga mas'uliyatni o'ziga oladigan futbolchilar kerak.

Avstriyaga qarshi bahs oldidan qaror qabul qilishimiz kerak edi. Shanba kuni Romelu, seshanbada esa Tibo sardorlik bog'chini taqishiga kelishib oldik. Hammasi joyida edi. Biroq o'yindan so'ng Kurtua o'zini haqoratlangandek his qildi. Hayratdaman. Bunaqa bo'ladi deb o'ylamagandim" - deydi bosh murabbiy Tedesko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RTBF