Kurtua berilgan zarbalarning yarmini ham qaytara olmadi

Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 11:57
"Real" kecha "Malorka" maydonida 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Tibo Kurtua o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. Qayd etish kerak, 27 yoshli belgiyalik futbolchi shu orqali o'zi tomon berilgan so'nggi 14 zarbaning 9tasini o'tkazib yubordi.

Ushbu mavsumda Kurtua 11 seyv amalga oshirdi va 12 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA