Kurtua Belgiya termasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bilan janjallashib qoldi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2023, 10:24
Darvozabon terma jamoa ixtiyorini tark etgan.

Avvalroq darvozabon Kevin de Bryuyne yo'qligida terma jamoaga o'zi emas, balki Lukaku sardor etib tayinlanganidan noroziligini bildirgandi. Shuningdek, mahalliy matbuotning yozishicha, Kurtua Tedeskoning bu boradagi fikrlaridan xafa bo'lgan.

"Men Romelu va Tibo bilan gaplashdim. Romelu Avstriya bilan o'yinda sardor bo'ldi, Tibo esa Estoniya bilan o'yinda sardorlik qiladi. Biz uchun u o'zini qadrlashlarini his qilishi muhim", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com