Kurtua: "Agar "Real" finalga chiqsa, unda albatta g'alaba qozonadi. Men bu safar to'g'ri tarafdaman"

Narzulla Saydullayev
27 may 2022, 23:20
Darvozabon YCHLdagi g'alabaga ishonmoqda.

"Real Madrid" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan YCHL finali haqida gapirdi.

"Sakkiz yil avval men birinchi marta YCHL finalida o'ynagandim. O'shanda g'alaba qozona olmagandim. Ammo ertaga barchasi amalga oshadi. Agar "Real" finalga chiqsa, unda albatta g'alaba qozonadi. Men bu safar to'g'ri tarafdaman", -deydi Tibo Kurtua.

Eslatib o'tamiz, final bellashuvi 28 may kuni Parijda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca