Kunning eng muhim tadbiri haqida prevyu

29 avg 2019, 12:25
Bilasiz, bugun Monako shahrida Yevropa chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Mazkur marosim Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Unda Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan 32 jamoa 4tadan 8ta guruhga bo'lingan holda ajratiladi. Qur'a qoidalariga ko'ra, jamoalar to'rttadan korzinkaga ajratib chiqilgan. Unga ko'ra, bitta korzinkadagi jamoalar o'zaro guruhda to'qnash kelishmaydi. Qoidaga ko'ra, bitta chempionat vakillari ham guruhda o'zaro tushib qolishmaydi. Mazkur holat qur'a jarayonida istisno qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 26 jamoa guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqqan bo'lsa, qolgan 6 jamoa nomi kvalifikaciya raundi orqali aniqlandi. Kuchli-beshlikdagi Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya chempionatida o'tgan mavsum 1-4 o'rinlarni egallagan jamoalar hech qanday kvalifikaciya yoki saralash o'yinlarisiz musobaqaga ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishgan.


Yevropa chempionlar ligasining yangi mavsumi ishtirokchilari


Shuningdek, bugungi marosimda quyidagi nominaciya bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:

• O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi futbolchisi

• O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi ayol futbolchisi

• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi darvozaboni

• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi himoyachisi

• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi

• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi hujumchisi


Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Real" futbolchisi Luka Modrich UEFAning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Joriy yil esa g'oliblikka da'vogar futbolchilar qatoridan Lionel Messi (Barselona, Argentina), Virjil Van Deyk (Liverpul, Gollandiya), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, Portugaliya) o'rin olgan.


Yevropa chempionlar ligasining yangi mavsumiga 17 sentyabr kuni start beriladi. Quyida guruh bosqichi tur o'yinlari jadvalini e'tiboringizga havola etamiz.

1-tur: 17/18 sentyabr

2-tur: 1/2 oktyabr

3-tur: 22/23 oktyabr

4-tur: 5/6 noyabr

5-tur: 26/27 noyabr

6-tur: 10/11 dekabr

16 dekabr: qur'a 1/8 final

18/19/25/26 fevral: birinchi o'yinlar 1/8 final

10/11/17/18 mart: javob o'yinlari 1/8 final

20 mart: qur'a 1/4 i 1/2 final

7/8 aprel: birinchi o'yinlar 1/4 final

14/15 aprel: javob o'yinlari 1/4 final

28/29 aprel: birinchi o'yinlar 1/2 final

5/6 may: javob o'yinlari 1/2 final

30 may: final - "Otaturk Olimpiya stadioni", Istanbul


Aziz muxlislar, Siz esa izohlarda ehtimoliy guruhlarda qaysi jamoalarni ko'rishni istashingiz va o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi futbolchisi nomiga kim ko'proq loyiqligi haqida o'z fikr va mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia