Kunde: "Chelsi" tarixda qoldi"

Alisher
29 sen 2021, 14:22
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida "Chelsi"ga amalga oshmagan transferi haqida gapirdi.

O'yinchining ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Chelsi"ga transfer? Bu tarixda qoldi. Hozirda men "Sevilya"ga e'tiborimni qaratganman. Jamoaga men, menga esa jamoa kerak.

Menga andalusiyaliklar uchun o'ynash yoqadi. O'ylaymanki, bu mavsumni oldingisidan ko'ra yaxshiroq o'tkaza olaman", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr