Bu yerda murabbiy va futbolchilar bizni quchoq ochib kutib oldilar. Markaz ham yo'q demadi. Hayron qolyapsizmi, yillar davomida tanqid qilinadigan tashkilot sizlarni nega kutib oldi deb. Gap shundaki, agar tanqidingiz asosga ega bo'lsa, hech kim siz bilan sen-menga bormaydi. Murabbiy va futbolchilar o'z ishini qilganidek, biz ham o'z ishimiz bilan shug'ullanamiz. Agar oshirib yuborsak, unda uzr so'rashni ham bilishimiz kerak. Xullas ayni paytda hammasi joyida. Terma jamoa ichidagi muhit rosmanasiga a'lo darajada. Barcha bir-biri bilan inoq. Hazil-huzullar avjida. Denisov har qanday guruhni kuldira oladi. Sanjar esa “porodiya” qilishga usta. Mullajonov ham rosa hazilni yoqtiradigan futbolchilar toifasidan. Chetdan jiddiy ko'ringan Ignat “molodoy”lar bilan hazillashishni yaxshi ko'radi.
Toshkent – Dubay yo'nalishidagi parvozimizdan so'ng BAAga uchib keldik. Barcha hujjatli ishlar joy-joyiga qo'yildi, terma jamoamiz bilan “Movenpik” mehmonxonasiga joylashdik. Tongda Vitaliy Denisovning o'zi mehmonxonaga yetib keldi.
Shu kunning o'zidayoq kechki mashg'ulot o'tkazildi. “Al Vasl” stadioniga qarashli yashil maydon bizni kutib turgan edi. Odatga ko'ra Mirjalol Qosimov futbolchilarni davra hosil qilishga chaqirdi. Dastur bilan tanishtirgach, Pyotr Gizimchukni “Lokomotiv”ga o'tganligi bilan tabriklashdi. Bu o'tish hammadan ham Ignatiy Nesterov uchun foydadan holi bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Endi u klubida ham terma jamoa murabbiyi bilan ishlaydi, bu esa terma jamoamiz uchun o'ta muhim.
BAAga kelishimdan avval Alisher aka meni “Al Shabab” – “Al Ayn” o'yini bo'lib o'tishi haqida ogohlantirib, istasam akkreditatsiyadan o'tishim mumkinligini aytgan edi. Tabiiyki, Aziz Haydarov ishtirokidagi BAA chempionatining muhim o'yini men uchun qiziq. Kerakli hujjatlarni to'ldirib BAA PRO ligasiga yubordim. Ikki kun o'tib Dubayga yetib keldim hamki, Alisher aka menga BAA Pro ligasining rasmiy akkreditatsiyasi va “jilet”ni berdilar. Juda tezkor va sifatli xizmat. Xuddi OCHLnikiga o'xshaydi.
Hozircha shular, ertagacha...
Nodirxo'ja Yuldashev.