Kun transferi: PSJ "Bavariya" futbolchisini transfer qilgani e'lon qilindi

31 avg 2018, 22:47
Transfer oynasining so'nggi kunida PSJ "Bavariya"dan himoyachi sotib oldi.

"Bavariya" sharafini himoya etib kelgan ispaniyalik chap qanot himoyachi Xuan Bernat PSJ a'zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

PSJ 25 yoshli himoyachi Bernat uchun "Bavariya"ga 15 million evro to'lagani aytilmoqda. Parij klubi Bernat bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.

Eslatib o'tamiz, PSJ "Bavariya"ning boshqa bir himoyachisi Jerom Boateng bilan ham jiddiy qiziqqandi. Ammo yakunda markaziy himoyachi Boateng bilan emas, balki qanotda o'ynaydigan Bernat bilan kelishuvga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia