Kun o'yini: Fantastik yarim finalga marhabo!

6 iyun 2019, 15:05
Millatlar ligasi yarim final doirasidagi ikkinchi bahsda Gollandiya Angliya bilan final yo'llanmasi uchun kurashadi.

Kecha Millatlar ligasi yarim finalining ilk to'qnashuvida Portugaliya Shveytsariyani Ronalduning xet-triki evaziga mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Bugun esa Portugaliyaning finaldagi raqibi nomi mazkur ajoyib o'tishi kutilayotgan bellashuvda aniqlanadi.

Gollandiya (taxminiy tarkiblar): Sillessen; Dumfris, de Lixt, van Deyk, Blind; de Roon, F. de Yong, Veynaldum; Promes, Depay, Babel.

Angliya (taxminiy tarkiblar): Pikford; Uoker, Stounz, Maguayr, Chiluell; Xenderson, Rays, Barkli; Sancho, Reshford, Sterling.


Ayni paytda avlodlar almashuvini boshdan kechirgan va kelajagi porloq avlod yetishib chiqayotgan mazkur jamoalar o'rtasidagi bahs juda qiziqarli o'tishi kutilmoqda. 

Nihoyat ma'lum tanaffusdan so'ng xalqaro maydonga qaytayotgan Gollandiya uchun Millatlar ligasidagi ehtimoliy g'alaba tort ustidagi olchaga aylanadi. Angliya ham necha yillardan buyon xalqaro maydonda zafar quchmagan va Millatlar ligasi orqali ushbu noxush seriyaga chek qo'yishga bo'lgan ishtiyoq yuqori.

Gollandiya terma jamoasi tarkibi ayni damda yaxshi muvozanatda. Tarkibda yaqindagina "Ayaks" bilan YCHLda mo'jiza ko'rsatgan iqtidorlar kollekciyasi va "Liverpul" safida YCHL g'olibiga aylangan asosiy figuralar Veynuldum va van Deyk mavjud. Bu esa Gollandiyaning hozirgi holatiga berilgan eng xolis baho. Agarda uchar gollandlar bugun kvalifikaciyada jahon chempionlari Fransiyaga qarshi o'yindagi kabi harakat qilishsa, unda Angliyaga havas qilib bo'lmaydi.

Angliya terma jamoasi ham Gollandiya singari yangi porloq avlod bilan yuqori maqsadlarni qo'yishmoqda. Garet Sautgeyt jamoasi o'tgan yili yozda Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida jamoa yangi darajaga chiqqanini o'zining ishtiroki orqali e'lon qilgandi. Millatlar ligasi g'olibligi uchun esa Angliya Gollandiya qatori asosiy favoritlardan biri sanaladi. Ammo ulardan biri bugun kurashdan chiqishiga to'g'ri keladi.

Agarda Angliyada bugun Gollandiya to'sig'idan o'tib, finalda zafar quchadigan bo'lsa, unda 1966 yildan keyin ilk bor xalqaro sovrin futbol vataniga ketadi.

Ronald Kuman (Gollandiya bosh murabbiyi): - Fantastik bahs bo'ladi. Har ikkala jamoa ham juda katta o'sishga erishishdi. Angliya ham biz kabi asosan yoshlarga ishonmoqda. Ularda qator iqtidorli futbolchilar mavjud. Imkoniyatlar teng. Hammasi o'yinda va ko'p jihatdan individual mahorat egalariga bog'liq bo'ladi. Millatlar ligasi har qanday jamoa uchun sovrin yutish uchun ajoyib imkoniyat. O'ylashimcha, Gollandiya terma jamoasining vaqti yetib keldi.

Garet Sautgeyt (Angliya bosh murabbiyi): - Har doim jiddiy va chinakamiga muhim bahslarda ishtirok etish istagi yuqori bo'ladi. Millatlar ligasi bizga bunday imkoniyatni taqdim etmoqda. Jahon chempionatida yarim finalga qadar borib juda katta tajriba to'pladik. Shu boisdan ham biz katta o'yinlarda ishtirok etishni istaymiz. Angliya qaysidir manoda katta burilish qiladigan payt keldi. Biz endi yarim final yoki qandaydir masofaga emas, balki sovrin yutadigan jamoaga aylanmog'imiz lozim.

Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Sport TV, Match TV, Futbol TV) 

Millatlar ligasi g'olibiga UEFA 10,5 million evro beradi.

UEFA Millatlar ligasi finali 9 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia