Kuman yirik mag'lubiyatga izoh berdi

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2023, 08:38
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Fransiyaga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyatdan so'ng (0:4) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz darvozadan 20 metr uzoqda ham to'p yo'qotdik va kuchli futbolchi tomonidan jazolandik. Juda oddiy o'ynadik. 

Ko'pgina futbolchilar virus sabab safdan chiqishdi, ammo hozir bu haqida gapirmoqchi emasman. Biz haqiqatdan ham yaxshi o'ynay olmadik. 

Bunda nafaqat yoshlarni, balki kattalarni ham ayblayman. Ulardan ko'p narsa kutgandim", - dedi Kuman. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA