Kuman: "Menga "Barselona"dan taklif bo'ldi"

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020, 15:46
Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona"da ish boshlashi mumkinligi haqida gapirdi.

"Menga "Barselona"dan qo'ng'iroq bo'ldi. Ammo oldin ham aytganimdek, men Evroda termani boshqarishim kerak. O'shanda ushbu turnir ushbu yozda bo'lishi kutilgandi.

Terma ishlari borasida norozi emasman. Kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Men Evrodan keyingina termani tark etishim mumkin. Lekin mening orzuyim - "Barselona"ni boshqarish. Buni barcha biladi", - dedi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal