Kuman Depay va Veynaldumning kelishiga qarshi emas

12 okt 2020, 09:50
Gollandiyalik mutaxassis ikki nafar hamyurtini o'z jamoasiga kelib qo'shilishiga ishonmoqda.

“Lion” vingeri Memfis Depay va “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum hali hamon “Barselona” ustozining transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Goal  xabar bermoqda.

Har ikkala futbolchini kataloniyaliklar tekinga qo'lga kiritishlari mumkin. Depay va Veynaldumning shartnomasi yakuniga yetish arafasida. Ko'k-anorranglilar yanvar oyidayoq Memfisni qo'lga kiritishi mumkin. Futbolchi francuz klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

Veynaldum bilan vaziyat biroz mavhum. Futbolchi “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda. Ammo tomonlar kelishuvga erishish qiyin bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal