Kuman "Barselona" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchib keldi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2020, 16:52
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Barselona aeroportida ko'rinish berdi.

Tegishli video El Chiringuito TV nashri tomonidan e'lon qilindi.

Manbada aytilishicha, u kataloniyaliklar bosh murabbiyi bo'lish uchun asosiy nomzod.

Avvalroq, "ko'k-anor ranglilar" prezidenti Jozep Bartomeu Kike Seten murabbiylik lavozimini tark etgani va yaqin orada yangi murabbiy nomi e'lon qilinishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV