Kuman "Barsa"dan iste'foga chiqarilgani uchun 12 mln evro oladi

Alisher
28 okt 2021, 13:14
Ronald Kuman "Barselona" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani uchun katta mablag' oladi.

58 yoshli mutaxassisga 12 million evro to'lashadi.

"Rayo Valekano" (0:1) bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta ortiq Kumanning iste'fosini ortga sura olmadi. Murabbiy oldinroq o'rinbosar topish va katta jarima sabab iste'foga chiqarilmagandi.

Kuman 2020 yilning 19 avgustida "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U jamoa bilan 2020/21 yilgi mavsum Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi.


Xavi "Barsa"ni boshqarishga rozi bo'ldi. U terma jamoalar tanaffusidan so'ng jamoani qabul qilib olishi mumkin 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Pais