Kulibali "Napoli"dan ketishga qaror qildi

Mirjalol Normatov
11 dek 2020, 22:18
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini tark etadi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 29 yoshli senegallik sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi. Shu boisdan u o'zini sotuvga qo'yilishini so'radi. Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Klub uning transferi uchun 89 mln evro ajratishga tayyor.

Kulibali ushbu mavsumda 9 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport