Kulibali: "Iguain mashg'ulotlarda nima ustida ishlashimizni bilgani uchun gol urdi"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2016, 16:40
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali "Yuventus"ga qarshi uchrashuvdan (1:2) so'ng, bahs haqida va jamoaning sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain urgan gol haqida fikr bildirdi.

"Biz har qanday jamoani mag'lub etishimiz mumkin. Yaxshi o'ynadik. Iguain bilan hech kim gaplashmadi, bu muhim bahs edi, biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratishni reja qilgandik. Gonsalo mashg'ulotlarda nima ustida ishlashimizni bilgani uchun gol urdi. Uning golidan afsusdaman. Ammo keyingi bahslar haqida o'ylashimiz lozim" - deydi Kulibali.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia