"Kuchli-beshlik": Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan jamoa qaysi? FOTO

25 dek 2017, 15:09
Yevropaning TOP-5 milliy chempionatlarida eng ko'p quruq o'yin jamoalar haqida to'xtalamiz.

Angliya premer ligasida eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan jamoa bu "Manchester Yunayted" bo'lib turibdi.

Birinchi davrada ushbu jamoa 10 uchrashuvda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

APLda eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan 5 jamoa
1."Manchester Yunayted" - 10 o'yin
2. "Arsenal" - 9 o'yin
3. "Byornli" - 9 o'yin
4. "Chelsi" - 9 o'yin
5. "Manchester Siti" - 9 o'yin

A Seriyada esa bu borada "Yuventus" peshqadam.
Turinliklar ham "Manchester Yunayted" kabi o'z chempionatlarida 10 uchrashuvda o'z darvozalari dahlsizligini saqlashga muvaffaq bo'lishgan.

A Seriyada eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan 5 jamoa
1."Yuventus" - 10 o'yin
2."Roma" - 9 o'yin
3."Inter" - 8 o'yin
4."Napoli" - 8 o'yin
5."Fiorentina" - 7 o'yin

Fransiya 1 Ligasida esa quruq o'yin o'tkazish bo'yicha "Marsel" hamda "Monpele" jamoalari yetakchi bo'lib turishibdi.

Fransiya 1 Ligasida eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan 5 jamoa
1."Marsel" - 9 o'yin
2."Monpele" - 9 o'yin
3."Kan" - 8 o'yin
4."Lion" - 8 o'yin
5."Monako"/PSJ/"Nant" - 8 o'yin

Ispaniya La Ligasida "Barselona" eng ko'p quruq o'yin o'tkazish borasida yaqqol peshqadam. Kataloniyaliklar 11 bellashuvda gol o'tkazishmagan.

La Ligada eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan 5 jamoa
1."Barselona" - 11 o'yin
2."Atletiko" - 10 o'yin
3."Leganes" - 8 o'yin
4."Atletik" - 7 o'yin
5."Levante"/"Sevilya"/"Real" - 7 o'yin

Bundesliga "Bavariya" eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan. Myunxenliklar 10 bellashuvda gol qo'yib yuborishmagan.

Bundesligada eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan 5 jamoa
1."Bavariya" - 10 o'yin
2."Borussiya" D - 6 o'yin
3."Xoffenxaym" - 6 o'yin
4."Bayer" - 5 o'yin
5."Shalke" - 5 o'yin

"Kuchli-beshlik"da eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan 5 jamoa
1."Barselona" - 11 o'yin
2."Manchester Yunayted" - 10 o'yin
3. "Yuventus" - 10 o'yin
4. "Bavariya" - 10 o'yin
5. "Atletiko" - 10 o'yin

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia