Kuarejma "Beshiktosh"dan ketdi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019
Portugaliyalik yarim himoyachi Rikardu Kuarejma "Beshiktosh"ni tark etdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 35 yoshli vinger 2010-2012 yillar davomida ham ushbu klub sharafini himoya qilgandi. 

Kuarejma "Beshiktosh" tarkibida 227 o'yinda qatnashib, 38 gol urgan va 78 golga assistentlik qilgan.

Bunga qadar u "Sporting", "Barselona", "Portu", "Inter", "Chelsi" va BAAning "Al-Ahli" jamoalari tarkibida harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal