Kuadrado: "Yuventus" kuchliroq jamoaga aylandi va bu faqat Ronaldu tufayli emas"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 11:00
"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadradoning fikricha, Turin klubining kuchliroq jamoaga aylanishiga faqatgina Krishtianu Ronaldu sababchi emas.

"Ronaldu klub o'sishiga o'z xissasini qo'shdi. Krishtianu kim va u qanday o'ynashini hamma yaxshi biladi, ammo "Yuventus" har doim kuchli va barqaror jamoa bo'lgan. Faqatgina Ronaldu tufayli yanada kuchli klubga aylandik deya olmayman. Ko'plab futbolchilar anchadan beri "Yuventus" sharafini himoya qiladi va bu bizni ahilroq qiladi" - deydi Kuadrado.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus.com