Kroyff: "Ser Aleksdan keyin Gvardiola MYUni boshqarishi mumkin edi"

Mirjalol Normatov
4 may 2018
Tel-Avivning "Makkabi" jamoasi bosh murabbiyi Yordi Kroyff 2013 yilda Pep Gvardiola MYUni boshqarishi mumkin bo'lganini aytdi.

"Gvardiola "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lguniga qadar u "Manchester Yunayted"ni boshqarishiga ishongandim. "Yunayted"da shunday imkoniyat bo'lgandi.

O'sha paytlarni eslayman. MYU boshqani tanladi. Gvardiolaning oldida esa boshqa yo'llar ham bo'lgandi.
Ser Aleks ketganiga 5 yil bo'ldi, shu vaqt davomida MYU kuchli jamoaga aylanmadi. Agarda 5 yil oldin MYU rahbariyati qarorni to'g'ri chiqarganida barchasi hozirgi kabi bo'lmasdi", - dedi Kroyff.

Ma'lumot uchun, Kroyff 1996-2000 yillarda "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Omnisport