

"Marca" xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchiga bir yil oldin klubdagilar 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan, futbolchi buni o'ylab ko'rish uchun vaqt so'ragandi. Katta ehtimol bilan u shartnomani uzaytirishi kutilmoqda. U 2014 yilning yozidan buyon jamoa tarkibida harakat qilib kelmoqda.
Ushbu mavsumda 33 yoshli xavbek "Real" tarkibida 40 o'yinda qatnashib, 2 gol va 5 assist qayd etdi.



