

26 yoshli futbolchi klubi safida YCHL finalida maydonga tushdi. Yoaxim Lev unga qo'shimcha xordiq olish imkonini berdi. Kroos terma jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladi.
Bundestim ayni paytda Shveytsariyada yig'in o'tkazmoqda. 4 iyunda nemislar Vengriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya EVRO-2016 guruh bosqichida Ukraina, Polsha va Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'ynaydi.



