Kroos: "Bavariya" meni sotib xatoga yo'l qo'ydi"

26 iyun 2019, 19:49
Germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos faoliyatini AQSH yoki Xitoyda tugatmoqchi emas.

"Real" xavbeki Toni Kroos 5 yil oldin "Bavariya" qilgan xatoni aytib o'tdi. 


"Men uchun o'shanda "Bavariya" meni sotib xatoga yo'l qo'ydi. Men "Real" bilan tuzgan shartnomamni 2023 yilgacha uzaytirdim. 33 - faoliyatni yakunlash uchun yaxshi yosh. Qaror qabul qilish vaqti kelgan. Madridliklar bilan shartnoma yakunlanguniga qadar o'ynaymanmi, yo'qmi bilmayman. Lekin, hozirdan aytaman AQSH, Xitoy yoki Qatar chempionatlarida o'ynamayman" - deya Kroosning so'zlarini keltirdi Bild nashri. 

O'xshash yangiliklar


Manba: sportbild.bild.de