

“Mehr-shafqat futbolda o'rinsiz. Fikrimcha, Edenning hayoti yomon emas. Undan yomonroq hayot kechirayotganlarga achinishingiz mumkin. Gap pulda emas, shunchaki futbolda hech kimga achinmayman.
Albatta, uzoq vaqt davomida vaziyat ko'ngildagidek emasdi. Biroq, oxir-oqibat, har bir kishi o'z holati uchun u yoki bu darajada javobgar hisoblanadi. Shuning uchun uchun bu yerda achinish noo'rin. Edenni yaxshi bilaman, tez-tez gaplashib turamiz. Ammo juda yomon holga tushib qolganlarga achinaman, Eden esa ular qatorida emas”, deydi Kroos.



