"Biz o'yinni noto'g'ri boshladik. Raqibga bosim uyushtira olmadik. "Bunyodkor" uchrashuvni hujumkor tarzda boshladi shu bois o'yinni qo'lga ololmadik. Bizda imkoniyatlar juda kam bo'ldi. Biz agressiv o'yin ko'rsata olmadik", - deydi Gross.
- "Bunyodkor" so'nggi o'rinda bo'lgani uchun raqibga nisbatan mensimay tushildimi?
- Bunday bo'lmadi. Bazi futbolchilarimiz xatolikka yo'l qo'ygani uchun o'yinimiz o'xshamadi. O'yinchilarimiz o'z darajasidan past darajada o'ynashdi.
- "Al Ahli" rahbariyati "Bunyodkor"dan 3 nafar futbolchi sotib olish imkoniyatini bersa qaysi futbolchilarni sotib olgan bo'lardingiz?
- Barcha o'yinchilar mahoratli. Ammo uch nafar futbolchini tanlay olmayman.
- "Bunyodkor"ni o'rganib chiqqansiz. Bugun raqib nima uchun bunday yaxshi o'ynadi deb o'ylaysiz?
- "Bunyodkor" bosimsiz o'ynadi. Yo'qotadigan narsasi bo'lmagani uchun shunday erkin o'ynadi deb o'ylayman.
- O'z jarima maydonini bo'sh qoldirib murabbiy xatoga yo'l qo'ymadimi?
- Bugun kutilmagan gollar o'tkazdik. Barchasi shundan kelib chiqdi.
- Siz boshchiligingizda "Al Ahli" o'tgan yillarda "Nasaf" mehmoni bo'lib durang va mag'lubiyat qayd etgan. Bugun ham mag'lub bo'ldingiz? O'zbekiston siz uchun omadsiz davlatmi?
- Yo'q. Har bir murabbiyning maqsadi bo'ladi. Bu narsani omadsizlik deb bo'lmaydi. Shunchaki futbol shunday bazida yutasan bazida yutqazasan.
- "Zob Ohan" bilan bahsda qanday natija kutayapsiz?
- Ikkala jamoada ham imkoniyat bor. Shu bois bahs qanday bo'lishini o'yin kuni bilamiz.
Narzulla Saydullaev