Kristensen hammadan kam pul taklif qilgan bo'lsa ham, "Barsa"ni tanladi. Otasi va agenti o'g'lining "Chelsi"da qolishini xohlagandi

Alisher
8 mar 2022, 19:04
Andreas Kristensen yaxshiroq takliflarga qaramay, "Barselona"ga o'tishga qaror qildi.

O'yinchining otasi va agenti Sten Kristensen futbolchining "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirishini xohlagandi.

London klubi kelishuv uzaytirilishi uchun katta bonus taklif qilishga tayyor edi. Shuningdek APLning boshqa klubi yoki "Bavariya" variantlari ham ko'rilgan edi.

"Barselona"ning taklifi moliyaviy tarafdan jozibador emas edi, ammo himoyachi hammadan ko'p shu taklifga qiziqish bildirdi. Unga Xavining loyihasi va "Barsa"ning jahon futbolidagi ahamiyati yoqadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es