"Kristal Pelas" klubi "Milan" forvardi bilan muzokra o'tkazmoqda

7 dek 2019, 23:07
"Rossonerilar" hujumchisi Fabio Borini APLga qaytishga yaqin.

Evening Standard nashri xabariga ko'ra, "Kristal Pelas" klubi 28 yoshli futbolchining agenti bilan transfer borasidagi muzokaralarni boshlab yuborgan. Borini yanvarda london klubi bilan shartnoma imzolash niyatida.

Eslatib o'tamiz, Borini avvalroq Angliya chempionati vakillari "Chelsi", "Suonsi", "Liverpul" va "Sanderlend" klublari sharafini himoya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Evening Standard