Krishtianu Ronaldu rasmiy o'yinlarda gol urish bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2022, 00:44
APL 29-turida "Manchester Yunayted" "Tottenxem"ni (3:2) mag'lub etdi.

Ushbu o'yinda xet-trik qayd etgan Krishtianu Ronaldu rasmiy o'yinlarda gol urish bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi. Krishtianuning hisobida hozirda 807 ta gol bor va bu mutlaq rekord. Avvalgi rekord avstriyalik futbolchi Yozef Bicanga (805 ta gol) tegishli edi. Krishtianu Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi o'yinning o'zida bu ko'rsatgichga yetib olib, uni yangilashga ham ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd