Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasi safida yana bir rekord qo'ydi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2021, 01:10
Portugaliya terma jamoasi Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazmoqda.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir rekord sohibiga aylandi. Futbolchi terma jamoa safida maydonga tushish borasida Yevropa rekordini qo'ydi. Qatarga qarshi o'yinda terma tarkibida 181-o'yinida maydonga tushgan Ronaldu 180 ta o'yin o'tkazgan Serxio Ramosni quvib o'tib, yakka peshqadamga aylanib oldi. Jahon rekordi Malayziyalik So Chin Aunga tegishli, Aun terma safida 195 ta o'yin o'tkazgan(1969-1984). Shunday qilib, Krishtianu Ronalduni terma jamoalar safida o'yin o'tkazish bo'yicha jahon rekordidan 15 ta o'yin ajratib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA.com