Krishtianu Ronaldu: "Pley-offda Fransiyaga qarshi o'ynamasak yaxshi bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 11:32
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2014ga pley-off orqali ham borish mumkinligini aytib o'tdi.
- Pley-offda o'ynashimiz syurpriz bo'lgani yo'q, so'nggi yillarda biz bunday o'yinlarda ishtirok etgandik. Hozir ham guruhda birinchi bo'lish imkoniyatimiz bor, ammo barchasi o'zimizning qo'limizda emas. Pley-offda ishtirok etishimizdan xursand bo'lishimiz kerak.

Bu bosqichda to'qnash kelishi mumkin bo'lgan eng kuchli raqib Fransiya. Ularga qarshi o'yinlar ancha qiziqarli bo'lishi mumkin. Ammo pley-offda to'qnash kelishni istamaydigan bitta jamoa bu - Fransiya, - deydi Ronaldu A bola.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net