Krishtianu Ronaldu klub miqyosidagi 730-golini urdi

Omonjon To`xtamirzayev
30 sen 2023
"Al Nasr" Saudiya Arabistonida 8-turida safarda "Al Tae"ni mag'lub (1:2) etdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Taliska mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, Virjil Misidjan 79-daqiqada muvozanatni tikladi. G'alaba goli esa Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi (87-daqiqada penaltidan).

Bu to'p Ronaldu uchun Saudiya Arabistoni klubidagi 34-bahsda 30-gol, shu bilan birga klublar miqyosida 730-si bo'ldi.

Bu Krishtianu mavsum Saudiya Arabistoni Premer-Ligasining 7 o'yinida 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma etkazib berdi. Tabiiyki, u chempionatning eng yaxshi to'purari va "gol+pas" tizimida yetakchi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia