Krishtianu Ronaldu Evro-2024dagi o'yini tanqid qilinganiga keskin munosabat bildirdi

Khoja
29 avg 2024, 09:17
Portugaliya terma jamoasi va “Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2024dagi milliy terma jamoadagi o'yini haqidagi tanqidlarga javob berdi.

"Evroda hamma meni qariganim haqida gapirdi. Nimaga bunday dedi odamlar, bilasizlarmi? Chunki men ushbu musobaqada gol urmadim. Biroq ungacha vatanim uchun qanday o'ynadim? Saralashda 10 ta gol urdim, jamoani Yevropa chempionatiga olib chiqdim. 

Tanqidlar doim bo'ladi. Biroq insonlar doim unutuvchan bo'lishadi", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com