Krishtianu Ronaldu "Borussiya" mag'lub etilgach nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017
"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu YCHL 6-turi doirasida "Borussiya" ustidan qozonilgan g'alaba (3:2)dan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda ham xursandman. Biz guruh bosqichini g'alaba bilan yakunlashni xohlagan edik va buni uddaladik. Men gol urdim va jamoamga uch ochkoni qo'lga kiritishga yordam berdim. Gol yomon chiqmadi. Guruh bosqichidagi barcha oltita o'yinda ham gol urgan birinchi futbolchi bo'lganimdan mamnunman", - deya Ronalduning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com