

Umid qilamanki, Barselonani mag'lub etamiz va chempionlik poygasiga qaytamiz. Har bir daqiqadan zavq olishimiz kerak. Musobaqa jadvalidagi o'z mavqeimizni tiklab olishimiz kerak. Barselona bizga chempionlik koridori qilib bersa ajoyib bo'lardi, – deydi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Real – Barselona uchrashuvi 23 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.




