

4ta mehmonxonaning umumiy narxi 70 million evro bo'ladi. Ular Funshal, Lissabon, Madrid va Nyu-York shaharlarida ochiladi.
Bu haqda Lissabonda o'tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Unda Ronaldu va Pestana Hotel Group rahbari Dionisiu Pestana ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Futbol – mening ishim, ammo doim ham bunday bo'lmaydi. O'zimni yangi loyihada sinab ko'rishga qaror qildim, bunda menga bu sohadagi eng kuchli mutaxassislar yordam berishadi.
Men hali yoshman, bu loyiha meni ruhlantirmoqda. O'z kelajagim, farzandim va oilam haqida o'ylayapman, - deydi Ronaldu.




