Krishtianu Ronaldu: 35-36 yoshgacha futbol o'ynamoqchiman

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014, 19:23
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajak haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Nechchi yoshgacha futbol o'ynamoqchisiz?
- Tanam qanchaga chidasa o'shangacha o'ynayman. Rejamga ko'ar 35 yoki 36 yoshda futboldan ketaman. Balki o'sha vaqtga borib boshqacha fikrlarman.

- Faoliyatingizni qayerda tugatishni istardingiz?
- Bilmayman. Jiddiy aytsam faoliyatimni dunyoning eng kuchli klubi Realda yakunlamoqchiman. Manchester Yunayted yoki Sportingda tugatishim ham mumkin. Ammo hozircha aniq javobni bilmayman, - deydi Ronaldu.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru