Krauch: "Liverpul" mavsumni "Manchester Yunayted"dan yuqorida tugatadi"

Mirjalol Normatov
30 yanv 2021
"Liverpul"ning sobiq forvardi Piter Krauchning aytishiga ko'ra, Mersisayd klubi ushbu mavsum yakunlariga ko'ra, "Manchester Yunayted"dan yuqorida bo'ladi.

"Hatto shunday paytda ham shunday bo'lishiga ishonaman. Kecha kechqurun Rio Ferdinand bilan suhbatlashdim. Hali hanuz "Liverpul" mavsum yakunida MYUdan yuqorida bo'lishiga ishonayotganligimni aytdim.

"Liverpul" chempionlik poygasidan chiqib ketmagan. Chunki futbolchilar top-darajada. Xenderson kecha shunchaki top-darajada o'yin namoyish qildi. Vaqt o'tib, barchasi qiyinlashib ketadi.

Ushbu mavsumda "Liverpul"da jiddiy muammolar bo'lyapti. Lekin bunday iqtidorli futbolchilar bilan "Liverpul" kuchli uchlikdan pastda bo'lmaydi", - dedi Krauch.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal