KPR Sebastyan Jovinkoni ijaraga olmoqchi
Narzulla Saydullayev
2 avg 2014
"Yuventus" hujumchisi Sebastyan Jovinko (27 yosh) KPR qiziqishiga sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda "Sky Sports" nashri.
Angliya klubi hujumchini mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Biroq hozircha "Yuve" Jovinkoni qo'yib yubormoqchi emas.